29.11.2023
O‘zbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qaroriga muvofiq Qiziltepa tumani komissiyasi tomonidan tumandagi Xomrabot mahallasi nomini o‘zgartirishga oid taqdim etilgan takliflarni muhokama qilib, xalq deputatlari tuman Kengashi
QAROR QILADI:
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Respublika toponimika xizmati tomonidan taqdim etilgan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha 2023-yil 1-noyabrdagi 05-18-989-sonli xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining xulosasi hamda O‘zbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga asosanGeografik obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining tumanidagi “Xomrabot” mahallasi nomini “Xonrabot” nomiga o‘zgartirish va tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanib, ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman Ichki ishlar bo‘limi (A.Qodirov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi (J.Mahmudov), tuman statistika bo‘limi (Z.Turdiyev), Kadastr agentligi tuman bo‘limi (U.Xo‘jamov), qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi (F.Qurbonov) va boshqa tegishli davlat organlari mazkur qarordan kelib chiqib, tegishli hujjat va hisobotlarda belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritsin, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (N.Hojiyev) tasdiqlangan mahalla nomi yozilgan ko‘rsatkich va belgilar, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich o‘rnatilishini ta’minlasin.
- Xalq deputatlari tuman Kengashining 2013-yil 30-dekabrdagi 15/120-sonli qarorining 2-ilovasi 85-bandidagi “Xomrabot” so‘zi “Xonrabot” deb o‘zgartirilsin.
- Tuman hokimligining axborot xizmati rahbari (A.Umedov), “Yangi Qiziltepa” gazetasi tahririyati (R.Maqsudov)larga mazkur qarorni OAVlarida rasmiy e’lon qilish hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirish tavsiya etilsin.
- Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (N.Hayitov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi (J.Mahmudov) hamda xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklansin.
- Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi: U. Bobojonov
2023-yil 27-noyabr
VI-49-136-5-72-K/23
ILOVA: 1
Qiziltepa tumanidagi nomi o‘zgartiriladigan geografik obyekt
T/r | Geografik obyektning hozirgi nomi | Geografik obyektning yangi nomi | Izoh |
1 | Xomrabot mahallasi | Xonrabot |
Rivoyatlarda aytilishicha, Buxorodan Samarqandga va Samarqanddan Buxoroga qatnagan xonlar shu qishloq hududidagi xushmanzara joylarda Navro‘z bayramlarida haftalab dam olib o‘tishar ekan. Amir (xon) dam olgan joy Amirsupa deyilgan. Keyinchalik bu joyda qad rostlagan qishloq Xonrabot nomini olgan. Avvaliga “Xonrabot” deb aytilgan qishloq keyinchalik “Xomrabot” sifatida qo‘llanilgan. Yana bir haqiqat. Qadimda ayrim qabila boshliqlari ham o‘zlarini “xon” deb atashgan. R.Maqsudov. “Mahallam – faxrim” “Mahalla” nashriyot matbaa uyi. T; 2021.75 b |
Qarorning PDF shakli Хомработ_маҳалласи_номини_ўзгартириш